Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti “Behbudiy izdoshlari” teatr truppasi a’zolari bilan davra suhbati o’tkazildi. Tadbirni universitet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori Zebiniso Rahmonova ochdi. Talabalarning taklif va tashabbuslari bilan qiziqdi. Shuningdek, ushbu jamoani shakllantirishda fidoyilik ko’rsatgan dotsent Dilafro’z Jabborovaning mehnatlar alohida e’tirof etildi.

         Jamoa a’zolari bo’lgan Muxlisaxon Sobirova, Shahrizod Shodiyev, Avazbek Toshtemirovlar o’z takliflarini bildirdilar.

         Tadbir yakunida jamoaning faol a’zolari tashakkurnoma va moddiy rag’batlantiriluvchi sertifikat hamda teatr uchun bilet bilan taqdirlandilar.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.