Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli takshil etish maqsadida universitetimiz talabalari o‘rtasida shaxmat turniri o‘tkazildi.

    Musobaqa qizg‘in, ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

    Yakuniy natijalarga ko‘ra,

    Yigitlar o‘rtasida 1-o‘rinni Abdumalik Abdusamatov (tarix fakulteti), 2-o‘rinni Ulug‘bek Sunnatov (matematika fakulteti), 3-o‘rinni Xondamir Kenjaboyev (raqamli texnologiyalar fakulteti) qo‘lga kiritgan bo‘lsa;

    Qizlar o‘rtasida 1-o‘rinni Marjona Malikova (sport faoliyati va sanʼat fakulteti), 2-o‘rinni Zebo Usmonova (sport faoliyati va sanʼat fakulteti), 3-o‘rinni Guloyim Abduhamitova (matematika fakulteti) zabt etdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.