Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiga Latviya hayot fanlari va texnologiyalari (Latvia University of Life Sciences and Technologies) universiteti vakili Janob Voldemars Bariss tashrif buyurdi.

    Undan ko’zlangan asosiy maqsad ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdir. Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov va Muxtor Nosirov bilan o’tkazilgan muzokaralarda bakalavriat va magistratura talabalari uchun qo’shma ta’lim dasturlari tashkil etish borasida, shuningdek, professor-o’qituvchilar va ilmiy xodimlarning almashinuvi haqida fikr almashdilar.

    Xususan, Samarqand davlat universitetida Latviya ta’lim markazi ochish to’g’risidagi taklif ham ilgari surildi.

Iroda Bekmurodova,

Samarqand davlat universiteti

filologiya fakulteti talabasi.