Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanining O‘rozmat va Qoratosh qishloqlari yo‘lida Samarqand davlat universiteti bog‘i yaratilmoqda

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummiliy loyihasi bugungi kunda vujudga kelayotgan ekologik muammolarning oldini olish, ularni samarali bartaraf etishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning tashabbusi bilan Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumaniga qarashli O‘rozmat va Qoratosh qishloqlari yo‘lining ikki tarafida umummilliy dastur doirasida Samarqand davlat universiteti bog‘i yaratilmoqda. Ayni paytda uzunligi 1 kilometr, umumiy maydoni 4 gektarni tashkil etgan hududda amaliy ishlar boshlab yuborilgan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati