Ijarada turuvchi talabalarning yashash sharoitlari o‘rganilmoqda
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektori Zebiniso Rahmonova masʼullar hamrohligida ijarada istiqomat qiluvchi talabalar xonadonida bo‘ldi.
Samarqand shahri Nurobod mahallasida istiqomat qiluvchi agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti talabalari Gavharoy Aliqulova va Umida Jo‘rabekovalar yaxshi holatda, yetarli imkoniyatlar mavjud bo‘lgan ijara xonadonida yashayotganligi aniqlandi. Shuningdek, universitet talabalarni turar-joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi boshlig‘i Dilshod Xaydarov boshchiligidagi ishchi-guruh va tyutor Nodirbek To‘xtayevning muntazam ravishda ular bilan aloqada ekanligini va murojaatlari ijobiy hal etilayotganligini aytib o‘tdilar.







Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

