Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida mazkur mavzuda talabalar bilan davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirni universitet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori Zebiniso Rahmonova kirish so’z bilan ochdi.

         Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyatidagi vakili To’lqin Amirov “Jaholatga qarshi ma’rifat”, Samarqand viloyati IIB tashkiliy boshqarma boshlig’i o’rinbosari, mayor Murod Kattaqulov “Jinoyatga jazo muqarrar” mavzusida ma’ruza qildilar. Shuningdek, bugungi dolzarb axborot texnologiyalari davrida ma’lumotlardan to’g’ri va oqilona foydalanish haqida ma’lum qildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.