Samarqand davlat universitetida bitiruvchi talabalariga yangi zamonaviy ish o‘rinlarini taklif etish maqsadida “Enter Engineering” kompaniyasi bilan hamkorlikda davra suhbati o’tkazildi.

         Universitet Marketing bo’limi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur taqdimot ko’tarinki ruhda, qizg’in savol-javoblar bilan o’tdi. Yakunda talabalar o’zlariga ma’qul bo’lgan sohalarda ro’yxatdan o’tishni maqsad qilib oldilar.

         Ma’lumot uchun “Enter Engineering” kompaniyasi yurtimizda amalga oshirilayotgan ko‘plab loyihalarning quruvchisi hisoblanadi.

         Batafsil ma’lumotni https://www.ent-en.com/ru/ sayti orqali olishingiz mumkin.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.