Boshqaruv organlari va kadrlar xizmati rahbarlari uchun mahorat darsi bo‘lib o‘tdi…
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlikda viloyat boshqaruvi organlari va tashkilotlardagi kadrlar xizmati rahbarlari uchun mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Bunda viloyatimizdagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi, “Yuksalish” umummilliy harakati, Bandlik boshqarmasi mas’ullari o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, 2022-2026 - yilga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi, davlat organlari va tashkilotlari kadrlar bo‘linmalarining asosiy vazifalari, xodimlarning ishga kirish mexanizmlarining tahlili mavzularida batafsil tushuntirishlar berildi.
Kadrlar sohasiga oid bo‘ladigan har qanday yangiliklar va qo‘shimchalar mutaxassislar tomonidan tez-tez tahlil qilinib, fikr-mulohazlar almashinilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi, - deydi Samarqand davlat universiteti xodimlar bo‘limi boshlig‘i Sitora Abdullayeva. – Bu borada Samarqand davlat universiteti har doim hamkorlikka tayyor.






Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi,
Shavkat Akramov olgan suratlar.

