Samarqand davlat universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlim fakultetida buyuk o‘zbek shoiri, atoqli davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan “Buyuklar ijodi - hamisha barhayot ” nomli ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ijodkorning ijodiy merosining ilmiy va badiiy ahamiyati, ularning jahon adabiyoti va madaniyatida o‘rganilishi, Bobur ijodini o‘rganishning qardosh xalqlar merosini tadqiq etishdagi ahamiyati, ijodkor asarlarining jahon ilm-fani, jo‘g‘rofiya tarixida tutgan o‘rni mavzularida maʼruzalar qilindi.

         Mumtoz  adabiyotimizning buyuk namoyondalaridan biri shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ijodida ishq-muhabbat, sevgi-sadoqat, visol va hijron mavzusi ham salmoqli o‘rin tutadi. Boburning ulkan sanʼatkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashtirgan holda asarlarida olg‘a surilgan g‘oyalarni umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko‘taradi. Boburning ushbu ruboiysi o‘sha yillardagi hayoti bilan bog‘liq:

Yod etmas yemish kishini g‘urbatda   kishi,

Shod etmas yemish ko‘ngulni mehnatda kishi.

Ko‘nglum bu g‘ariblikda shod o‘lmadi, oh,

G‘urbatda sevinmas yemish, albatta, kishi

         Tadbir so‘nggida fakultetning adabiyotga ixlosmand talabalaridan Navoiy va Bobur sheʼriyatining betakror namunalari tinglandi. Shuningdek, faol qatnashgan talabalar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Sevinch Ulasheva,

Samarqand davlat universiteti

maktabgacha va boshlang‘ich taʼlim fakulteti talabasi

Shavkat Akramov olgan suratlar.