Charxning men ko‘rmagan jabr-u jafosi qoldimu?!...

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi keng nishonlandi. Filologiya fakultetida o‘tkazilgan tadbirda olimlar Boburning o‘zbek mumtoz adabiyoti va davlatchiligida tutgan muhim o‘rni haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, talabalar tomonidan ijro etilgan badiiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga yanada ko‘tarinkilik baxsh etdi.
***
Charxning men ko’rmagan jabr-u jafosi qoldimu?!
Xasta ko’nglim chekmagan dardu balosi qoldimu?!
Meni xor etti-yu qildi muddaini parvarish,
Dahri dunparvarning o’zga muddaosi qoldimu?!
Meni o’lturdu jafoi javr birla ul quyosh,
Emdi turguzmak uchun mehru vafosi qoldimu?!
Oshiq o’lg’och ko’rdim o’limni o’zimga, ey rafiq,
O’zga ko’nglimning bu olamda harosi qoldimu?!
Ey ko’ngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb,
Tengri uchun de bu olamning safosi qoldimu?!
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
Shavkat Akramov olgan suratlar