Qishki ta’til davrida talabalarining bo’sh vaqtini mazmunli, ilmiy-ijodiy muhitda tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan onlayn tanlov g’oliblarining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

         “Zakovat quiz” onlayn viktorinasi, “Mening universitetim” videoroliklar tanlovi, “Vatanni sevmoq iymondandir” insholar tanlovi g‘oliblariga diplom va esdalik sovg’alarini Samarqand davlat universiteti birinchi prorektori Zebiniso Rahmonova va universitet Yoshlar yetakchisi Allayor Norboyev topshirdi.      

         - Qishki ta’til davrida juda ko’plab tanlovlar o’tkazildi, - deydi filologiya fakulteti talabasi Nafisa Fayzullayeva. - “Mening universitetim” tanlovida qatnashib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdim va smartfon bilan taqdirlandim. Bundan juda ham xursandman.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.