Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Bugun Samarqand davlat universiteti ingliz tili kafedrasi dotsenti Gulbahor Atoyevaning tug’ilgan kuni.
Gulbahor Atoyeva 1951-yil Samarqand shahrida tavallud topgan. 71 yoshni qarshi olgan olima 48 yildan buyon Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetida turli xil lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi filologiya fanlari nomzodi, dotsent Gulbahor Atoyevani samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi

