14-fevral buyuk shoh va shoir, atoqli davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun!
Sendek menga bir yori jafokor topilmas,
Mendek senga bir zori vafodor topilmas.
Bu shakl-u shamoyil bila xud hur-u parisen,
Kim jinsi bashar ichra bu miqdor topilmas.
Ag'yor ko‘z olida-u ul yor ayon yo‘q,
G‘am xori ko‘ngul ichra-yu g'amxor topilmas.
Ey gul, meni zor etmaki husnung chamanida,
Ko‘zni yumub ochquncha, bu gulzor topilmas.
Bobur seni chun yor dedi, yorlig' etgil,
Olamda kishiga yo‘q esa, yor topilmas.

