Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi

Buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan ijodkor haykalining poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bunda Samarqand viloyat hokimligi, oliy ta’lim muassasalari, xalq ta’lim boshqarmasi, bir qator tashkilotlar qolaversa, qardosh xalq vakillari ham ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Samarqand davlat universiteti talabalarining Alisher Navoiy ijodidan tayyorlangan badiiy chiqishlar ishtirokchilarga ko'tarinkilik ulashdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.