Kashfiyotchi ayollar
Barchamiz dunyoni lol qoldirgan olamshumul kashfiyotlar haqida eshitganmiz. Ulardan ko‘pchiligi bugungi kunda hayotimizning asosiy qismiga aylanib ulgurgan. Masalan, telefon, televizor, kompyuter va hokazo. Ammo kundalik hayotimizda foydalaniladigan shunday buyumlar borki, ular ayol kishining aql-zakovati mahsulidir. Insoniyat tarixi davomida ayollar yaratgan olamshumul kashfiyotlar talaygina bo‘lsa-da, ko‘pchilik bundan bexabar. Quyida ulardan ayrimlarini keltiramiz.
Bugun barcha mamlakatlardagi savdo do‘konlarida ishlatiladigan qog‘oz sumka aynan ayol kishining ixtirosidir. 30 yoshli Margaret Nayt oddiy tikuvchilik fabrikasi ishchisi edi. Kunlarning birida fabrikaga gazlama yetkazib beruvchi korxona bilan ba’zi kelishmovchiliklar sababli fabrika yopiladi. Margaret ishchilarning ishsiz qolib ketishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun oddiy qog‘ozdan kichik sumkalar tikishni yo‘lga qo‘yadi. Avvaliga ko‘pchilik uning ustidan kulgan bo‘lsa ham Margaret yaratgan qog‘oz sumkalar tez orada ommalashadi va butun dunyoga yoyiladi. Qog‘ozdan yasalgan xarid xaltalari bugungi kunda ham dunyoning barcha hududlarida ishlatiladi.
Iroda Bekmurodova tayyorladi

