Samarqand davlat universiteti: Iste’dodli yoshlar mamlakat umidi, millat tayanchi...
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti doktoranti Shuhrat Valiyev, Slovakiya, Qozog‘iston, Xitoy Xalq respubliklarida “Ekologik muammolar, yaylovlarni qayta tiklash va cho‘llanishni oldini olish” mavzusida tadqiqot olib borgan.
Hozirda “Yaylov ekotizmlarini antropogen omillar ta’siridagi ekofiziologik o‘zgarishlar” mavzusida Samarqand viloyati Nurobod tumanining Qarnobcho‘l maydonida izlanishlar olib bormoqda. Ilmiy rahbari, biologiya fanlari nomzodi, dotsent Toshpo‘lot Rajabov.
Tadqiqotchi mavzuga oid maqolalari bilan AQSH, Angliya, Xitoy, Qozog’iston, Germaniya kabi davlatlardagi xalqaro konferensiyalarda ishtirok etib kelmoqda.
- Tadqiqot ishining asosiy maqsadidan kelib chiqib, bir nechta vazifalar belgilab olingan. Jumladan, Qarnobcho‘l hududidagi tarqalgan asosiy dominant o‘simliklar holatini o‘rganish, ularning antropogen omillar ta’siridagi ekofiziologik o‘zgarishlarni ikki xil tuproq sharoitida olib boryapman, - deydi doktorant Shuhrat Valiyev. – Chorva mollarini muntazam boqilishi natijasida Qarnobcho‘l o‘simliklar qoplamining degradatsiyaga uchrashi jadallashmoqda. Shuningdek, ozuqabop o‘simliklarning turlarining kamayib borishi va ular o‘rniga yaylov uchun begona bo‘lgan o‘simliklar soni ortib, bioxilmaxillika jiddiy zarar ko‘rsatishi bilan birgalikda cho‘llanish jarayonini tezlashishiga olib kelmoqda. Tadqiqotlarimizda yaylovlardan barqaror foydalanish, chorva mollarini boqilishini tartibga solish, ozuqabop bo‘lgan o‘simliklarni ko‘paytirish yo’llarini ishlab chiqish asosiy maqsad qilingan.
Bundan tashqari yosh olim, tadqiqot doirasida BMT ning “Taraqqiyot dasturidagi” “Bioxilmaxillikni saqlash va ulardan oqilona foydalanish” mavzusidagi loyihasida qatnashib kelmoqda. Bundan asosiy maqsad, yaylovardan ozuqabop o‘simlik turlarini ko‘paytirish va ularning birlamchi urug’chilik bazalarini tashkil qilish bo‘yicha ilmiy va amaliy ishlar olib borish nazarda tutilgan.
Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi,
Shavkat Akramov olgan surat

