Dars jarayonlari onlayn shaklga o‘tkazilgani munosabati bilan Samarqand davlat universitetida ham barcha taʼlim shakllari bo‘yicha o‘quv jarayoni dars jadvali asosida Zoom dasturida orqali olib borilmoqda. Bundan tashqari 1-2 bosqich bakalavr va magistlar https://hemis.samdu.uz/,  3-4 bosqich talabalar http://mt.samdu.uz/ va sirtqi taʼlim shaklida taʼlim oladigan talabalar https://smt.samdu.uz/ platformasida o‘zlariga tegishli bo‘lgan fanlarning resurslaridan foydalanishmoqda. “Taʼlim sifatini nazorat qilish” bo‘limi xodimlari tomonidan masofaviy o‘qitish jarayonida shaffoflik va ochiqlikni taʼminlash maqsadida masofaviy taʼlim platformasiga kirish, masofaviy o‘qitish holati kunlik monitoring qilinib, tegishli tartibda taklif va tavsiyalar berib borilmoqda.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.