Samarqand davlat universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Zebiniso Rahmonova boshchiligida o’tkazilgan tadbirda ta’lim jarayonlarining an’anaviy shaklga qaytishi munosabati bilan talabalarning xavfsizligini ta’minlash, ularni yotoqxona va ijaralarga joylashtirish masalalari muhokama etildi.

    Tadbir tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tkazilib, dekan o’rinbosarlari va tyutorlarga talabalarni yotoqxonalar hamda yaxshi sharoitga ega bo’lgan ijaralarga joylashtirish bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berildi.

    Shuningdek, onlayn ta’lim davrida samarali faoliyat ko’rsatayotgani uchun tarix fakulteti tyutori Muhayyo Tosheva, filologiya fakulteti tyutori Nurali Hamidovlar alohida e’tirof etildi.

    Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida, ularni yaxshi sharoitlarga ega bo’lgan ijaralarga joylashtirish uchun murojaat botini tashkil etish vazifasi qo’yildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.