Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat univeristeti xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti o‘qituvchisi Axtam Amonov, Seul Milliy universiteti (Janubiy Koreya), San Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya)da Terra Gertz to‘lqinlar texnologiyasi va molekulyar spektroskopiya sohalari bo‘yicha izlanishlar olib borgan.

    Tadqiqotchining professor Abduvohid Jumaboyev ilmiy rahbarligida Elsevier va Scopus bazalarida turuvchi jurnal va xalqaro konferensiyalarda 20 dan ortiq, xususan Angliya, Ukraina, Rossiya, Janubiy Koreya davlatlarida maqola va tezislari chop etilgan.

    - Sankt-Peterburg davlat universiteti molekulyar spektroskopiya kafedrasida fizik-olim Konstantin Toxadze bilan gaz fazasida vodorod bog‘lanishli molekulyar komplekslar tebranish polosalarining shakllanish mexanizmlari mavzusida tadqiqotlar olib bordim, - deydi xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti o‘qituvchisi Axtam Amonov. – Bu sohaning ilg‘or yangiliklarini o‘rganib kelmoqdaman. Azon qatlami yemirilishiga sabab bo‘luvchi omillar, ekologiya va atrof muhit muhofazasi, global isish, tirik organizmlarda biologik jarayonlarga bog‘liq turli sabablarini atom-molekulyar o‘lchamda o‘rganish bo‘yicha tajriba to‘pladim.  Asosiysi bu borada batafsil tadqiq qilish imkoni bo‘lmayotgan molekulalararo ta’sir kuchlarini o‘rganish, xususan vodorod bog‘lanishni o‘rganishda ahamiyatga molik universal modellar taklif qildik…

Behruz Shamsiddinov

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi