Samarqand davlat universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda...

Samarqand davlat universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha fevral oyiga qadar 1000 dan ortiq ko‘chat ekilgan edi. Kashtan, lipa, yapon saforasi, Qrim qarag‘ayi, qayrag‘och kabi turli manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari shular jumlasidandir.
Shuningdek, ushbu loyiha rejaga muvofiq davom etib, 250 ga yaqin sasna, archa, chinor daraxt va ko‘chatlari o‘tqazildi. 2022-yil hisobidan 900 tup mevali va manzarali daraxtlar ekish maqsad qilingan va bu borada samarali ishlar olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Urgut tumanida joylashgan Samarqand davlat universiteti qoshidagi sport-sog‘lomlashtirish oromgohi va SamDU botanika bog‘ida ham loyiha doirasida o‘tgan mavsumda bir qator daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati