Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish va o‘rgatish yo‘lida yangi loyiha

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Alisher NAVOIY hayoti va ijodini o‘rganish va o‘rgatish maqsadida yangi loyiha eʼlon qilganini maʼlum qiladi. Ushbu loyiha maqsadi – “G‘urbatda g‘arib” nomli maqolalar to‘plamini nashrga tayyorlash va chop etish, maʼrifat maskanlariga yetkazib berishni tashkil etish.
To‘plamda jurnalistlar, o‘qituvchilar, Hazrat ijodiga befarq bo‘lmagan boshqa kasb egalari, oddiy el vakillarining Hazratni tushunish va tushuntirish to‘g‘risidagi maqolalari jamlanadi. Maqolalarning bolalarbop, boshlang‘ich sinf, o‘rta sinf, katta sinflarga mosligi, ajratilishi, shuningdek ommabopligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratiladi.
Budan kelib chiqib, barcha qalam ahlidan Hazratni tushunish va tushuntirishga xizmat qiluvchi maqolalaringizni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga, +998 99-898-21-25 telegramm raqamiga yuborishingiz so‘raladi. Muddat 2022 yil 10 martgacha.
Loyiha rahbari: Sirojiddin Sayyid.
Maqolalarni to‘plash, nashrga tayyorlashga masʼul: Bahodir Qobul.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati