Samarqand davlat universiteti talabasi Respublika tanlovida g‘olib bo‘ldi…
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va Ma’rifat markazi tomonidan e’lon qilingan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida o‘tkazilgan maqolalar tanlovini baholash jarayoni yakuniga yetdi. Bunda 4 yo‘nalish bo‘yicha ikki yarim mingdan ortiq ishtirokchi o‘zining maqolalari bilan qatnashdi.
Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti talabasi Alijon Sobirov tanlovda “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik – o‘zbek xalqining yuksak qadriyatidir” yo‘nalishi bo‘yicha qatnashib, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Tanlovda “Tolerantlik – tinchlikni ta’minlovchi atribut sifatida” mavzusi bilan ishtirok etdi.
Alijon Sobirovning bu kunga qadar 10 ga yaqin ilmiy maqolalari Rossiya, Bolgariya, Hindiston kabi davlatlarning nufuzli jurnallarda nashr etilgan. Hozirda “Noosfera – jamiyat tarqqiyotining substansiyasi sifatida” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. Ilmiy rahbari falsafa fanlari doktori, dotsent Gulnoza Sultonova.
- Bu kunga qadar bir qator ilmiy va badiiy maqolalarim nufuzli gazeta va jurnallarda chop etilgan. Ushbu tanlovda “Tolerantlik – tinchlikni ta’minlovchi atribut sifatida” mavzusidagi ilmiy maqolam bilan ishtirok etdim, - deydi Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti talabasi Alijon Sobirov. – Tolerantlik, ya’ni bag’rikenglik millatlar va diniy konfessiyalar orasida tinchlikni ta’minlovchi va barqarorlikka yetaklovchi bir omildir. Zero, bag‘rikenglik boshqalarning fikr, g‘oya, mafkuraviy qarashlariga hamda ularning hatti-harakatlariga nisbatan hurmatda bo‘lishni anglatadi. Bag‘rikenglikni ziddi sifatida esa, mutassiblik va egoizm kabi illatlarni ko‘rishimiz mumkin…
Eslatib o‘tamiz, Alijon Sobirov tanlov nizomiga asosan mukofotlanadi.

Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi,
Shavkat Akramov olgan suratlar.

