Samarqand davlat universiteti professori Ibodulla Mirzayevning “Alisher Navoiy hayoti va ijodining Rossiyada o‘rganilishi” (rus tilida) nomli monografiyasi Belorusning poytaxti Minsk shahrida nashrdan chiqdi.

         Unda buyuk shoirimiz Alisher Navoiy hayoti va ijodining Rossiyada, xususan, Moskva, Sankt-Peterburg shaharlarida, Rossiyaning turkiy tilli respublikalarida qanday o‘rganilganligi tahlil qilingan. Turli yillarda chop etilgan kitoblarning yutuq va kamchiliklari o‘rganilib, galdagi dolzarb vazifalar yuzasidan fikr yuritilgan.

        

Otabek Sa’dullayev,

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.