Ferula tadshikorumning shifobaxsh xususiyatlari…
Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti magistranti Hilola Zokirjonova. “Dorivor tojik kavragi (Ferula tadshikorum Pimenov) ni in vitro usulida ko‘paytirish texnologiyasini ishlab chiqish va Surxondaryoning tog‘oldi va tekislik maydonlarida joriy yetish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Ilmiy rahbari dotsent Begali Aliqulov. Tadqiqotchining mavzu yuzasidan 10 ga yaqin ilmiy maqolalari chop etilgan.
Bugun dunyoda tabiiy giyohlar asosida tayyorlangan dori-darmon va biologik faol qo‘shimchalarga ehtiyoj ortmoqda. Bunday tabiiy shifobaxsh vositalar inson vujudiga nojo‘ya ta’sir qilmaydi va salomatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu sababli dorivor o‘simliklarni madaniy holda ko‘paytirish, biomorfologik, ekofiziologik xususiyatlarini o‘rganish hamda ilmiy asoslangan holda yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Bu borada so‘ngi yillarda shifobaxsh o‘simliklardan Apiaceae Lindl. oilasiga mansub Fеrula L. turkum turlaridan Asafoetida sifatida oleo-gum-qatron (smola) ishlab chiqarilishi tufayli F. tadshikorumga qiziqish ham oshdi. Oleo-gum-qatron tibbiyot sanoatining ehtiyojlari uchun va turli xil oziq-ovqat mahsulotlari uchun xushbo‘y ziravor sifatida ishlatiladi.
- O‘zbekistonda Ferula turlaridan eksport qilinadigan smolaning yillik hajmi 150-200 tonnani tashkil etadi, - deydi magistrant Hilola Zokirjonova. - Yuqori sifatli smola Ferula tadshikorumdan olinadi. Undan keyingi o‘rinda Ferula foetida turi turadi. Ferula tadshikorum Pimenov o‘simligidan olinadigan dorivor vositalarga bo‘lgan talabning kundan-kunga kuchayib borishi o‘simlik biologik xilma-xilligi va ularning zaxiralari kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Ferula tadshikorum Pimenov Pomir – Oloy endemik turi hisoblanadi. Uning areali Janubiy Tojikiston va O‘zbekistonning janubiy hududlaridir. Tadjiferin va tadjikorin, ikkita terpenoid kumarin. F. tadshikorum mevalaridan ajratilgan. Keyinchalik deatsetiltadjikorin F. tadshikorum ildizlarining aseton ekstraktidan ham ajratilgan. Asafoetida an’anaviy tibbiyotda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Virusga qarshi, bakteriyaga qarshi, yallig‘lanishga qarshi sedativ AB va diuretik xususiyatlarga ega. Uning sog‘liq uchun eng muhim foydasi shish va boshqa oshqozon muammolarini kamaytirishdir. Tibbiyotda astma, qon bosimi darajasini pasaytirish, hayz paytida og‘riqni yo‘qotish, bosh og‘rig‘ini kamaytirish, sivilkalarni kamaytirishga yordam beradi, Sochlar uchun yaxshi konditsioner, saratonga qarshi, antibakterial, antifungal va mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi va miya sog‘ligini himoya qiladi. Ma’lumki, kovrak turkum turlari tabiatda urug‘lari yordamida ko‘payadi. Adabiyotlarda ko‘rsatilishicha monokarpik kovraklar hayotining 5-8 yilida gullab urug‘laydi. Urug‘dan ko‘paytirish uzoq vaqt talab etilganligini e’tiborga olgan holda bugungi kunda biz ayni shu muammoni oldini olish maqsadida yangi biotexnologik usullardan ayniqsa in vitro mikroklonlash usulidan foydalanib bu noyob o‘simlikni ko‘paytirish va samarali qo‘llash uchun ilmiy ishlar olib boryapmiz. F.tadshikorumni in vitro usulida ko‘paytirish bir qator afzalliklarga ega. Birinchidan samarali, ikkinchidan qisqa vaqt talab etadi, uchinchidan ko‘paytirish jarayonida har bir kallus hujayrasidan kulturalashning qulay sharoitida o‘simlik paydo qiluvchi tasofidiy kurtaklar shakllanadi. Bundan tashqari mazkur mahsulotlarni eksport qilish orqali ulkan iqtisodiy samaradorlikka erishishimiz mumkin.

Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat Akramov olgan surat

