Bugun Samarqand davlat universiteti professorlari Nona Avanesova va Farhod Hoshimov, dotsentlar Najmiddin Hakimov, Fazliddin Salohitdinov, Rasul Mardiyevlarning tug‘ilgan kuni.

    Najmiddin Hakimov 1938-yil Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tavallud topgan. 84 yoshni qarshi olgan Najmiddin Hakimov biologiya fakulteti zoologiya kafedrasida faoliyat olib bormoqda. 60 yilga yaqin ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatib kelgan olimning 10 ga yaqin darslik va qo’llanmalaridan tadqiqotchilar muntazam ravishda foydalanib kelmoqda.

    Nona Avanesova 1941-yil Boku shahrida tavallud topgan. Olima Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti arxeologiya kafedrasi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 60 yilga yaqin mehnat faoliyati davomida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda.

    Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish kafedrasi mudiri, professor Farhod Hoshimov 1944-yil Rossiya davlatida tug‘ilgan. 65 yildan buyon Samarqand qishloq xo’jaligi instituti va Samarqand davlat universietida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

    Fizika fakulteti  qattiq jismlar kafedrasi dotsenti Fazliddin Salohiddinov 1951-yil Samarqand shahrida tug‘ilgan. Tojikiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti, keyinchalik Samarqand davlat universitetida 50 yildan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

    Rasul Mardiyev 1958-yil Samarqand viloyati Qo’shrabot tumanida tug‘ilgan. 42 yildan buyon Samarqand davlat universiteti matematika fakultetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

    Samarqand davlat universiteti jamoasi bugungi kun munosabati bilan ularga uzoq umr, sihat-salomatlik, mehnat va ilmiy faoliyatiga omad hamda ulkan zafarlar tilaydi.

 

Samarqand davlat universiteti

Faxriylar kengashi