Muallif - Salim Ashur

Onam kabi suykalsam sizga,

O‘g‘lim kabi erkalasaydim.

Qizim kabi suysaydim sizni,

Otam kabi suyansam sizga.

Jimjilog‘im yoki qulog‘im,

Goh sirdoshim, goho o‘rtog‘im.

 

 Guldan yaproq to‘kilar, sizdan

To‘kiladi xushbo‘y-xushbo‘y gul.

Jamolini bitta ko‘ray deb

Yuragimni teshadi bulbul.

    Kitob narxi - 14.981 so‘m.

    Anvar Obidjon - Oddiy Ayriliq

    O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon nazm, nasr, dramaturgiya, publitsistika singari janrlarda qalam tebratib kelayotgan serqirra ijodkordir. Asarlari yumorga boyligi, ayni chog‘da, falsafiy fikrlarning salmoqdorligi bilan ajralib turadi.Adibning bolalarga, kattalarga atalgan «Juda qiziq voqea», «Masxaraboz bola», «Alamazon va Gulmat», «O‘q o‘tmas bolakay», «Bahromning hikoyalari», «Baloga qolgan futbolchi», «Kulgili tushlar», «0099 raqamli yolg‘onchi», «Jajji-jajji kulchalar», «Yapaloq tovuq», «Mulla Baqaloq», «Dahshatli Meshpolvon» kabi kitoblari o‘quvchilar orasida alohida shuhrat qozongan.Ushbu kitobga muallifning biri o‘ta qiziq, biri sarguzashtlarga boy asarlari tanlab kiritildi. Bular orasida jurnalda bosiliboq juda mashhur bo‘lib ketgan Muttivoy haqidagi qissa ham bor.

 

Kitob narxi - 17.020. so‘m.

Kitoblar qattiq muqovada.

Murojaat uchun tel.: (93) 791-00-70, (90)918-87-86.