So‘ragan edingiz
Savol:
Men sirtqi ta’lim yo‘nalishida 2-kursda tahsil olaman. Mutaxassisligim bo‘yicha maktabda dars berishim mumkinmi?
anonim
Javob:
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy talim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g’risidagi Nizomga ko‘ra sirtqi (maxsus sirtqi) shaklida ta’lim olayotgan talabalar ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olishi mumkin. Shunga ko‘ra siz ta’lim olayotgan mutaxassisligingiz bo‘yicha ishlashingiz mumkin.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga 3-ILOVA Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida nizomning 7-bandida Oliy yoki o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni umumta’lim muassasalariga pedagogik lavozimlarga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni faqat maxsus sirtqida tahsil olayotgan talaba ishlash mumkin.
Shaxriddin Muranov
Samarqand davlat universiteti
o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i

