Yaxshi suhbatdosh bo‘lish sirlari
1. Suhbatni do‘stona ohangda boshlang.
2. Unutmang, insonning ismi – u uchun eng yoqimli va eng muhim ohangdir.
3. Odamlarga ochiq chehra va nimtabassum bilan munosabatda bo‘ling.
4. Suhbatdoshingizga chin dildan qiziqing!
5. Eng yaxshi tinglovchi bo‘ling! Boshqalarga ko‘proq o‘zlari to‘g‘risida gapirishlariga imkoniyat bering.
6. Tortishuvlar paytida maʼnaviy baland bo‘lishning yagona yo‘li, bu — tortishuvdan voz kechishdir.
7. Suhbatdoshingizning har qanday fikriga hurmat bilan qarang. Hech qachon “Nohaqsan” demang.
8. Agar siz nohaq bo‘lsangiz, tez va keskin tan oling.
9. Mazmunli fikrlarni suhbatdoshingiz o‘ziniki hisoblasin.
10. Har bir masalaga suhbatdoshingizning nuqtai nazari bilan qarang.
11. Boshqalarning fikri va xohishlariga taʼsirchan bo‘ling.
12. Odamga maʼnaviy quvvat beruvchi gaplardan so‘zlang.
Muxatasam Sulaymonov
Samarqand davlat universiteti
psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti o‘qituvchisi

