Chet eldagi nufuzli universitetni bitirib, IELTS 8 xalqaro sertifikatiga ega, Toshkentdagi ishni emas, viloyatdagi maktabda o‘qituvchilikni tanlab dars berayotgan zamonamiz qahramoni faoliyati ko‘pchilikka o‘rnak bo‘ladi deb o‘ylaymiz.

    Ushbu qisqa videofilmni barcha o‘qituvchilar tomosha qilishlarini tavsiya etamiz. Ayniqsa, barcha chet tili o‘qituvchilari CEFR va C1 sertifikatga harakat qilishlari zarur, shunda oylik maoshlariga 80 foizgacha ustama olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Oliy toifani olsalar yana qo‘shimcha oylik bilan qo‘shimcha soat olishga ham imkon bo‘ladi.

    Navbatdagi zamonamiz qahramonlarini topishga yordam bering va siz ham noutbukka ega bo‘ling! Batafsil maʼlumot: https://t.me/uzedu/11896