Ko‘pchilik yigit-qizlar hayotda o‘z juftlarini topishga qiynalishadi. Yoki topgan juftlari ko‘ngildagidek bo‘lmaydi, yoki topolmaydi. Bunday bo‘lishiga esa sabablar juda ko‘p…

    O‘sha sabablardan biri – yigitni yoki qizni o‘ziga bo‘lgan bahosini pastligi tufaylidir.

    Bu qanday bo‘ladi?

    Ular yoshligidan ota-onasidan kam maqtov eshitgan bo‘ladi, ularni ko‘proq kamsitishgan, o‘ziligini anglatishmaydi.

    Masalan, “Sen chiroyli qiz (yigit) emassan, xunuksan. Bu turishda kim bo‘lasan. Seni kim kelin qiladi yoki kim senga qizini beradi”.

    Bu kabi gaplar insonni o‘ziga bo‘lgan bahosini pasaytiraveradi va natijada ular hayotda o‘z o‘rnini topishga juda ham qiynalishadi yoki tanlagan jufti ko‘ngildagidek bo‘lmaydi.

    Eng asosiysi, ular o‘zidanda pastroq yoki o‘ziga umuman mos bo‘lmagan noideal juftlarni tanlashadi.

    Sababi ularning ong ostida “Men shu qizga (yigitga) mosman” degan ichki ishontirishlar  o‘rnashib qolganligidir. Shu tarzda turmush qurib hayot kechirishni boshlaydi.

    Keyinchalik esa, men idealimdagi qizga uylanmadim, yoki turmushga chiqmaganman deb yurishadi.

    Aslida buning hammasini negizi bizning BOLALIGIMIZGA borib taqaladi. 

    Unda bizga bo‘lgan munosabatlar hozirgi hayotimizda o‘z natijasini ko‘rsatadi.

    Shunday ekan, farzand tarbiyasida o‘z qarashlaringizni o‘zgartiring.

    Farzandlaringizga “Sen chiroyli qizsan, yoki sen juda ham ko‘rkam yigitsan” deb tez-tez maqtab turing.

    Ularni o‘zlariga bo‘lgan ishonchini oshiring.

    “Hamma narsaga qodirsan, aqllisan” degan maqtovlar bilan siylab tursangiz, erkalatib tursangiz, o‘ziga bo‘lgan bahosini oshirsangiz, o‘shanda farzandingiz  ulg‘ayib o‘z juftini tanlashda qiynalmaydi.

 

Muxtasam Sulaymonov

Samarqand davlat universiteti

psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti o’qituvchisi