Buyuk shoir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy” xalqaro jurnalining 3-soni e’lon qilindi
Jurnal Samarqand davlat universiteti professori, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, professor Ibodulla Mirzayev bosh muharrirligi hamda Tadqiqot.uz sayti hamkorligida tashkil qilindi. Ushbu jurnal navoiyshunoslikning dolzarb muammolarini jahon miqyosida tadqiq etishga xizmat qiladi.
Alisher Navoiy xalqaro jurnali O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiyasi komissiyasi tomonidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari yuzasidan asosiy ilmiy natijalar chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati

