Davra suhbati
Istanbul universiteti rektori, professor Mahmud AK:
“ – Qadimiy Samarqand shahriga yana bir bor kelganimdan xursandman. Bizning Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalarimiz mavjudligi sababli men ushbu shaharda avval ham bo‘lganman. Samarqand va Istanbul universitetlari hamkorlik aloqalari Mirzo Ulug‘bek va Ali Qushchilar davriga borib taqaladi. Men sentabr oyida Samarqand davlat universiteti kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tantanalarida ishtirok etgandim. Ikki universitetning bunday yaqin aloqalarni o‘rnatishida tashabbus ko‘rsatayotgan Samarqand davlat universiteti rektori, muhtaram Rustam Xolmurodovga o‘z minnatdorligimni bildiraman. O‘ylaymanki, bugungi uchrashuvimiz tomonlar uchun yanada manfaatli bo‘ladi”.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan surat.

