Davra suhbati
Turkiya Oliy ta'lim kengashi raisi Erol O'zvar: "Ota yurtimizdagi o'zgarishlar bizni quvontirmoqda. O'ylaymanki, biz ham bunda yelkadosh bo'lib, hamkorlikda ish olib borishimiz kerak.
Jamiyatdagi ko'p masalalar universitetlarga borib taqaladi. Bu ko'plab jabhalarda namoyon bo'ladi. Ularning birinchisi inson resurslaridir.
Bu oliy ta'lim muassasalariga katta mas'uliyat yuklaydi".
Shuningdek, Turkiya oliy ta'lim kengashi raisi O'zbek-turk olimlarining qadimiy aloqalari kuchli bo'lganligini, bugungi uchrashuv aynan shuni tiklash uchun ham xizmat qilishini ta'kidlab o'tdi.
- Bugungi uchrashuvda barcha rektorlarni amaliy hamkorlikni yo'lga qo'yishga chaqirib qolar edim", - deya o'z so'zini yakunladi professor Erol O'zvar.

