Samarqand davlat universiteti talabalari uchun onlayn darslar boshlandi
24-yanvar kuni Samarqand davlat universiteti talabalari uchun onlayn darslarga start berildi. Fizika fakulteti talabalariga yangi 2022-yil hisobidan ilk darslar boshlandi.
Xususan, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Rashid Eshbo‘riyev tomonidan 305-guruh talabalariga atom fizikasi fanidan “Frank gers tajribasi” mavzusida onlayn dars o‘tdi.
Shuningdek, yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi assistenti Lochin nurmurodov 402-guruh talabalariga amaliy yadro fizikasi va yadro energetikasi fanidan “Elektronning radiatsion tormozlanishi” mavzusida onlayn dars o‘tdi. Darslar ZOOM platformasi orqali olib borilmoqda...





Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

