Qaro qoshim chimirib,

Yerga yotib chalqancha

Hisoblardim oʻy surib,

"Osmongacha yoʻl qancha?"

 

Bugun soqolim qashlab,

Shu holimdan kulgancha.

Oʻy suraman yonboshlab,

"Yer ostiga yoʻl qancha?"

 

Umarjon Ximmatov,

Samarqand davlat universiteti

filologiya fakulteti talabasi