Savol:

Men o‘tgan yili o‘qishga kirgan edim. Fevral oyigacha o‘qidim. Sharoitim o‘ta og‘irligi sabab, o‘qishga borolmay qoldim. Shu tariqa yakuniy imtihonlarga ham ishtirok etmadim. Mahallada ham ro‘yxatda turaman. To‘lov shartnomamni teng yarmini to‘laganmiz. Hozirda menga o‘qishimni birinchi kursdan   qayta tiklash uchun imkoniyat beriladimi?

    Anonim

Javob:

    Albatta, siz o‘qishingizni birinchi kursdan qayta tiklashingiz mumkin. Sizni savolingizdan 2020-2021 o‘quv yilida qishgi semestrdagi imtihonlardan birortasini ham topshirmagansiz. Shu sababli qaysi oliy ta’limga o‘qishga kirgan  bo‘lsangiz, o‘sha oliygohga borib, o‘qishni tiklash uchun iyul oyidan avgustgacha bo‘lgan muddatda ariza yozishingiz mumkin.

 

Shaxriddin Muranov

Samarqand davlat universiteti

o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i