21-yanvar 2022-yil Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti mutasaddilari tomonidan brifing o‘tkaziladi.

         Brifingda 2022-yil 24-yanvar – 24-fevral oralig‘ida SamDU ning kunduzgi va kechki, sirtqi  bakalavr shuningdek,  magistratura bosqichlari uchun onlayn taʼlimning tashkil etilishi va olib borilishi, yakuniy imtihonlar o‘tkazilishi yuzasidan maʼlumot beriladi.

         Brifingni SamDU ning barcha ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali kuzatishingiz mumkin.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.