Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

    “Oliy taʼlim muassasalarida qishki taʼtildan keyingi o‘qish onlayn shaklda bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar yuzasidan

    So‘nggi kunlarda koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘paygani sabab jamoatchilik o‘rtasida qishki taʼtildan keyingi o‘qish onlayn shaklda bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

    Xabaringiz bor, rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga masʼullar uchun joriy yil 10-24-yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etilishi munosabati bilan oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun qishki taʼtil muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytiriligan edi.

    Shu o‘rinda, belgilangan tartibga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yuzasidan Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qiladi hamda  barcha idora va tashkilotlar, shu jumladan, oliy taʼlim muassasalari ham mazkur qaror asosida ish yuritadi.

    Bu borada Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qilgan taqdirda vazirlik rasmiy manbalari orqali qo‘shimcha maʼlum qilinadi.

    Shu sababli barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilardan asoslanmagan xabarlar tarqatmasliklarini, jamoatchilikdan esa faqat rasmiy manbalar orqali eʼlon qilinadigan xabarlarga ishonishlarini so‘rab qolardik.

    Vazirlik axborot xizmati rasmiy maʼlumot olishda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollari uchun hamisha hamkorlik qilishga tayyor ekanligini maʼlum qiladi. Bunda @eduuzaxborotxizmati_bot telegram boti yoki 71-207-15-86 raqami orqali murojaat qilishlari so‘raladi.

    Fuqarolar 1006 ishonch telefoni va 71-230-64-64 call-markazi orqali o‘z murojaatlarini yo‘llashlari mumkin”