19-yanvar kuni "O'zbekiston" telekanalining Munosabat ko'rsatuvida Prezidentimizning oliy ta'lim muassasalariga mustaqillik berish to'g'risidagi qarorining mazmun-mohiyati muhokama qilindi. Unda Samarqand davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Hakim Xushvaqtov ishtirok etib, universitetimizda mazkur qaror ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.