Akademik Baxtiyor Nazarov 1945-yil 17-sentabrida Toshkentda tug‘ilgan. Baxtiyor Nazarov O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Fanlar akademiyasi akademigi, o‘zbek adabiyotshunosligidagi yirik olim, ko‘plab shogirdlarning ustozi edi.

    Baxtiyor Nazarovning ilmiy ishlari XX asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyoti, tanqidchilik va adabiyotshunoslik metodologiyasi muammolari, adabiyot nazariyasi va adabiy aloqa masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotlarida Fitrat, Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Abdulla Oripov mahorati o‘rganilgan. Oybekning 20 jildli “Mukammal asarlar” to‘plamini nashrga tayyorlashda qatnashgan.

    Samarqand davlat universiteti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

 

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati