Bu ijod tasviriy san’atning grafika turiga mansub bo‘lib, u grizayl usulida chizilgan. Asar kompozitsiyasi markazida Alisher Navoiy siymosi tasvirlangan.  Asarning o‘ng va chap tomonida mashhur “Xamsa” asaridagi Farxod va Shirin, Layli va Majnun obrazlari uning sahrodagi tasviri, sahro tabiati va sahro ohusi grafik-badiiy uslubda aks ettirilgan. Shu bilan birgalikda Farxod va Shirin obrazi, ularning sevgisi va oq bulutlar bag‘rida erkin parvoz etayotgan laylak ko‘rsatilgan. Chizgining pastki qismi markazida esa yosh  Navoiynng ijod og‘ushidagi xarakterli holati va “Sab’ai sayyor” dostonidagi sharq go‘zallari, zanjirband sher va to‘tiqush tasvirlari ham grafik-badiiy uslubda  mohirona namoyish etilgan.

 

Jamoliddin Rahmatov
Samarqand davlat universiteti
sport faoliyati va san’at fakulteti o‘qituvchisi