Tonggi iqtibos
— Har kimki ilm hikmatni o’rganaman desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi axloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdon va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin.
— Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan bo‘ladi.
— Bilim, ma’rifat yaxshi axloq bilan bezanmog’i lozim.
— Musiqa fani shu ma’noda foydaliki, kimning fe’l-atvori muvozanatini yo‘qotgan bo‘lsa, uni tartibga keltiradi.
— Daraxtning kamolga yetgani mevasi bilan bolganidek, baxt-saodatning mukammal bolishi yaxshi xulqlar bilan namoyon bo`ladi.
— Madaniy jamiyat shunday bo’ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo’lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma bab-barobar bo’ladi, har kim o’zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug’ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo’ladilar.
Abu Nasr Farobiy

