Samarqand davlat universitetida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni mavzusida onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Seminar SamDU sirqti (maxsus sirtqi) bo‘lim tomonidan tashkil etildi.

    Tadbirni universitet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Zebiniso Raxmonova ochib berib, barcha ishtirokchilarni bayram bilan samimiy qutladi.

    - O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganiga 30 yil to‘ldi. Bunday qisqa vaqt davomida milliy armiyamiz hech bir mamlakatdan ortda qolmaydigan darajaga erishdi, - deydi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi podpolkovnigi Shoiraxon Mirabdullayeva.   - Ona yurtini sevish, uni ko‘z qorachig‘imizdek  asrash, osoyishtaligi  va  farovonligi  uchun  kurashish har birimizning  burchimiz. Bugungi kun barchaga muborak bo‘lsin!  

Samarqand davlat universiteti

sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi