Samarqand davlat universitetining 6-sonli talabalar turar joyida besh nafar talaba qishki taʼtilni o‘tkazmoqda. Yotoqxonada talabalar uchun barcha sharoit va qulayliklar mavjud bo‘lib, ularning taʼtildagi bo‘sh vaqti ilmiy-ijodiy tashkil etilmoqda.

         Samarqand davlat universiteti talabalarni turar-joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi boshlig‘i Dilshod Xaydarov talabalar bilan uchrashib, samimiy suhbatlashdi. Talabalarga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati