Samarqand davlat universiteti onlayn fan olimpiadasida ishtirok etmoqchi bo'lib, ro'yxatdan o'tgan ishtirokchilar https://olimpiada.samdu.uz/reg-users.php  havolasi orqali ro'yxatdan o'tganligini tekshirib ko'rishlari mumkin.
 
    Bugun 16:00 dan boshlab quyidagi fan yo'nalishlarida ro'yxatdan o'tish yakunlanadi:
     - Tarix (mutaxassislik fanlari boʻyicha);
     - Ekologiya (mutaxassislik fanlari boʻyicha);
     - Fizika (mutaxassislik fanlari boʻyicha);
     - Milliy gʻoya, huquqshunoslik, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

    12.01.2022 kuni shu fanlar bo'yicha quyidagi vaqtlarda olimpiada bo'lib o'tadi.

    16:00 dan 17:00 gacha

     - Tarix (mutaxassislik fanlari boʻyicha);
     - Ekologiya (mutaxassislik fanlari boʻyicha); 

    17:00 dan 18:00 gacha

    - Fizika (mutaxassislik fanlari boʻyicha);
    - Milliy gʻoya, huquqshunoslik, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

    Eslatib o'tamiz olimpiada.samdu.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tiladi. Onlayn olimpiada olimpiada.samdu.uz sayti orqali bo'lib o'tadi.

    Login va parol olimpiada.samdu.uz platformasiga kiritilgan telefon raqamga ro'yxatdan o'tish yakunlangandan keyin onlayn olimpiada boshlanadigan vaqtga qadar yuboriladi