Tonggi iqtibos
- Kechira olishlik — mardlik, kechira bilmaslik nomardlik sanaladi.
- Eng baland minora ham yerdan ko‘tarilgay.
- Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.
- Tuya mingan odam qo‘y orasiga bekinmas.
- Bir ishga kirishmay turib, undan qutulib chiqish yo‘llarini topib qo‘y.
- Agar ikki xatarlik yoki bir xatarlik ishni qilishga to‘g‘ri kelgudek bo‘lsa, ikkovidan barobar qutulish chorasi topilmagach, bir xatarini ixtiyor etmoq kerak.
- Qilichim o‘tkir bo‘lsa-da o‘ylab qinidan chiqardim, shirin so‘z aytib, g‘animning imon topmog‘iga yo‘l ochdim.
- Qonni qon bilan emas, suv bilan yuvishni o‘rgan.
- Adovat emas - adolat yengadi.
Sohibqiron Amir Temur

