Samarqand davlat universiteti talabalarining taʼtildagi bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 12-22 yanvar kunlari 30 fandan olimpiadalar o‘tkaziladi. Mazkur olimpiadalar olimpiada.samdu.uz sayti orqali onlayn shaklda o‘tkaziladi.

         Olimpiada o‘tkaziladigan fanlar bilan olimpiada.samdu.uz sayti orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

         Olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish 10 yanvar kunidan boshlanadi.

         Qo‘shimcha maʼlumotlar bilan quyidagi olimpiada mezonida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Olimpiada mezonlari (pdf)