Hayot, mohir muallim, garchi gapira olmasada juda yaxshi tushuntiradi...
....Hayot, odil hakam, unda hech kim g‘irrom o‘ynay olmaydi...
....Hayot, usta tarozibon, nimaga loyiq bo‘lsangiz faqat o‘shani beradi...
....Hayot, shunday sozandaki, odamlarni xohlagan kuyiga o‘ynata oladi...
....Hayot, oqil donishmand, sizga nima yaxshi, nima yomonligini eslatib turadi...
....Hayot, baxt va baxtsizlik...
....orzu va armon...
....muhabbat va nafrat...
....hurmat va illat...
....dono va nodon...
....oqibat va g‘aflat kabi juftliklar yig‘indisidir...
....Hayot, baholaringiz jamlanib boradigan kundalik daftardir...
....Oxirida baholaringizga qarab yo jannat yoki do‘zaxga yo‘llanma olasiz...
....Hayot, kichkina hovli, hovlingizga xohlasangiz gul ekasiz...
....xohlasangiz tikanzorga aylantirasiz.!
Muxtasam Sulaymonov
Samarqand davlat universiteti
psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi

