- Hayot senga orqama-orqa to‘siqlar, sinovlar yuborsa, bu tikanlardan saqlan. Xavotir olma: yaqin kunlarda bu tikanlar gulini xam ko‘rsatadi .

- Ishqi buyuk, savdosi buyuk bo‘lganni sinovi ham og‘ir bo‘ladi .

- Yaxshini izla, to‘g‘rini izla, go‘zallikni izla, aslo qusur izlama

- Qof tog‘i qadar buyuk bo‘lsang-da kafanga sig‘adigan qadar kichiksan .

 - Tur, o‘zinga kel, noumidlikka berilma, umidsizlik shaytondan, umid qilish Allohdandir .

- Tangriga olib boradigan yo‘llar bisyordir. Men esa Ishq yo‘lini tanladim .

- Qumning zarrasiman, ammo sahroning dardini tashiyman .

- Ishqda nasibang bor bo‘lsa, tegsang xam yonajaksan. Shuni yaxshi bil: kimlar sog‘inchdan yonar, kimlar yetishishdan .

- Ruhning go‘zalligi tananing go‘zalligi kabi tez ko‘rinmas .

- Nimagadir bilmayman senga boqsam o‘zimni ko‘raman. Senga kelayotgan vaqtda o‘zimdan ketaman. Sendan ketar vaqtda xech o‘zimga kelmayman.

- Insonlarni yaxshi tani, har insonni yomon bilib, qutulmoqqa shoshilma. Har insonni yaxshi bilib ham ovunma 

 

Jaloliddin Rumiy