Yaxshilik qiling!
Urug‘ni qayerga ekkaningizni esdan chiqarib qo‘ysangiz, aniqki, tez kunda yomg‘ir uni qayerga ekkaningizning “XABARINI” beradi...
Shuning uchun qayerda bo‘lsa, yaxshilik urug‘ini EKAVERING...
Kimga bo‘lsa ham YAXSHILIK qilavering...
Chunki, siz qachon va qayerda uning manfaatini ko‘rishingizni bilmaysiz...
Lekin albatta manfaatini ko‘rasiz... Yaxshiligingiz kimga yoki nimaga bo‘ladi, oz bo‘lsin ko‘p bo‘lsin, odamlarning ko‘zi oldida KICHIK eʼtiborsiz bo‘lsin SIZ qilavering!
-“YAXSHILIKDAN biror narsani xakir sanama..!” (Xadis)
CHUNKI:
Qiyomat kuni - kaysi yaxshilingiz tarozungizni bosib, sizni Jannatga kirishini BILMAYSIZ!
“Xar bir NAM jigarda ajr bordir! (Yaʼni: jigari nam TIRIK jonzotga YAXSHILIK kilishda ajr бордир...(Xadisdan)
Yaxshilik “ULASHISH” qandayam yaxshi...
Chunki, gohida uning MUKOFOTINI dunyoda olasiz yoki oxiratingizga ZAXIRA bo‘lib turaveradi...
Xayrli ishga imzo qo‘ygan kishi, agarchi o‘zi ko‘zdan G‘OYIB bo‘lsa ham, uning go‘zal “IMZOSI” saqlanib qolaveradi...
JANNAT - siz kabi yaxshilik qiluvchilarga MUSHTOQ!
Hech qachon birovning dilini og‘ritmang, uning “QUVONCHINI” yo‘qotmang! Chunki umrimiz qisqa, qabrimizda yotganimizda bizni DUOYIBAD qiladiganlarga emas, balki, bizni xayrli DUO qiladiganlarga MUHTOJ bo‘lamiz...
Kunimizni hurmat - ehtirom, insoniylik, ixlos, toat-ibodat va tartib-intizomda o‘tishiga ODATLANAYLIK!
Muxtasam Sulaymonov
Samarqand davlat universiteti
psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi

